19.04.2016    15:50    16925

2016 yil 18 aprel kuni Toshkent to'qimachilik va engil sanoat institutida “Tafakkur sinovlari”ning II-saralash bosqichi o'tkazildi. Mazkur tanlovda Toshkent Islom universiteti, Soliq akademiya, Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti terma jamoalari ishtirok etdi.

O'tkazilgan tanlov O'zbekistonda “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni amalga oshirish chora-tadbirlarini hayotga tadbiq etish, oliy o'quv yurtlarida yoshlarga yaratilgan sharoitlardan keng foydalanish, ularning iqtidori va intellektual-madaniy salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan.

Tanlovda bellashuvning barcha shartlarini muvafaqqiyatli yengib o'tgan xolda universitetning “Istiqlol elchilari” jamoasi faxrli 1-chi o'rinni q’olga kiritdi. Jamoaning aql-zakovati, iqtidori va san'ati, shu bilan birgalikda unga sardorlik qilgan  “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3 kurs talabasi Eldor Voxidovning sahna mahorati hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholandi. Terma jamoaga “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsentlari A.Usmanova va I.Shamsievalar rahbarlik qildi.