15.04.2016    16:50    15080

Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada ta'lim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida universitet rektori buyrug’i bilan universitet yetakchi professor-o'qituvchilari tarkibidan iborat, tuzilgan Ishchi guruh magistrlar faoliyatini quyidagi ko'rsatkichlar asosida baholashdi:

-      magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda o'z vaqtida bajarilishi;

-      ilmiy maqola, respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada tezis chop etganligi;

-      ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

-      mutaxassislik bo'yicha o'quv fanlarini o'zlashtirish darajasi;

-      magistrlik dissertatsiyasining tayyorgarligi holati.

Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar o'tkazildi, magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda ilmiy rahbarlar fikrlari tinglandi. Ushbu monitoringda jami barcha mutaxassisliklardan  90 nafar talaba ishtirok etdi.