03.11.2015    05:41    17074

Joriy yilning oktyabr oyining o’rtasida va 23-oktyabr kuni, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti talabalari Universitetning an’anaviy Analitik Teatrida qatnashishdi. Ushbu yilda ular quyidagi masalalarni tahlil qilishdi va taqdim etishdi: Tehron konferensiyasi (1943), Xalqaro tashkilotlar bo’yicha BMT konferensiyasi (1945), Karib oroli krizisi (1962), AQSH va Xitoy munosabatlarini yaxshilash bo’yicha muzokaralar (1969-1992), Erondagi asirlarni ozod qilish bo’yicha muzokaralar (1979-1981), Folklend oroli nizosi (mojarosi), Shimoliy Korea – Amarika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi ikki tomonlama savdo-sotiq muzokoralari (1987-95), Kosovoga maqom berish bo’yicha Vena muzokoralari (1996), va Ukraina krizisi bo’yicha Minsk bitimi (2015). Shuningdek, talabalar nafaqat vaqtni chog’ o’tkazishdi, balki bir qancha xalqaro muhim muzokoralarni tahlil qilishdi.