21.12.2018 1545

2018 yil 19 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi 2-darajali kotibi, yuridik fanlar boʻyicha PhD Gafuraova Sevara Alisherovna ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda Tashqi ishlar vazirligining roli” mavzusidagi master klass oʻtkazildi.

Mashugʻulotda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining hozirgi kunda tashqi savdo aloqalarini va turizmni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib oʻtildi.

Ushbu uchrashuvning ahamiyatli tomoni shundaki, mazkur master klassdadiplomat oʻzning ish tajribasidan foydalangan holda “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalariga talabalik davrlarida egallashi kerak boʻlgan bilim va koʻnikmalari haqida tavsiyalar berdi.

Talabalar tomonidan master klass davomida koʻrilgan masalalar katta qiziqish uygʻotdi va uchrashuv yakuni boʻyicha talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.