01.04.2016    15:22    16206

2016-yilning 31-mart kuni JIDUning majlislar zalida jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudining sudyalari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “JIDU va jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudi o’rtasida hamkorlik to’g’risida” Memorandum imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Hamkorlik Memorandumidan ko’zlangan asosiy maqsad - universitetda yurisprudensiya tarmoqlariga oid fanlar bo‘yicha olib borilayotgan ta’lim jarayonini amaliyotga yaqinlashtirish, talabalarni zamonaviy sud amaliyoti bilan yaqindan tanishtirish va shu asosda ta’lim sifatini yuqoriga ko‘tarish hamda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash.

Rejalashtirilayotgan maqsadlarni amalga oshirish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va tuman sudlari bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar, treninglar va namunaviy sud protsesslari maxsus dasturlar asosida o‘tkazilishi hamda mamlakatimizda so’nggi yillarda sud-huquq amaliyoti sohasida amalga oshirilayotga islohotlar bilan yaqindan tanishtirish vazifalari belgilab olindi

Imzolangan Memorandum asnosida ta’lim jarayonida, sud-huquq sohasida hamda ilmiy-amaliy sohada sezilarli ijobiy natijalar kutilayotganligi e’tirof etildi.