05.12.2018    19:05    428

2018-yil 5 dekabr kuni JIDU ARMda JIDU bitiruvchilari Abdunabiyev Nurillo (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish fondi bosh mutaxassisi) va Abdullayev Elbek (Buxgalteriya firmasi asoschisi) bilan JIDU Biznes laboratoriyasi va JIDU Yoshlar Ittifoqi BTning “UWED ALUMNI MEETINGS” loyihasi doirasida ikkinchi marotaba uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv ikki qismda olib borildi: 1) Ma’ruza; 2) Savol-javob. Avvalambor, Nurillo Abdunabiyev davlat tashkilotidagi o’z ish faoliyati haqida, Elbek Abdullayev biznes yaratish va yuritish mavzularida ma’ruza qilishdi. Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, hususan, ma’ruzachilar davlat tashkilotida ishlash mezonlari va biznes yuritish sirlari haqidagi savollarga javob berishdi.

Shuningdek, uchrashuv so’ngida loyiha mehmonlariga va JIDU Biznes Laboratoriyasining faollariga esdalik sertifikatlar topshirildi.