05.12.2018    15:33    245

2018 yil 5-dekabr kuni JIDUda Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Ochiq innovatsiyalar bo’limi boshlig’i Kris Uebberning "Dalillar siyosati” mavzuidagi ma'ruzasi bo’lib o’tdi.

Kris Uebber ma’ruzasini interfaol usulda olib borib, auditoriya barcha qatnashchisini dalillar to’plash, ularni qo’llash usullari, davlat boshqaruviga innovatsion usullarni joriy etish bo’yicha nutq so’zladi.

Ma’ruza davomida mutaxassis tomonidan mavzuga doir ko’plab ma’lumotlar keltirib o’tildi. Interfaol tarzda olib borilgan ma’ruzada universitet professor-o’qituvchilari hamda talabalar o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Kris Uebber uchrashuv yakunida O’zbekistonga birinchi tashrifidan juda qanoatlanganligi va talabalar yuqori darajadagi saviyasi, bilimlari bilan hayratlanganini aytib o’tdi.

O’tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.