01.04.2016    10:11    15945

JIDUda 2016 yil 31 mart kuni “Stata-13” kompyuter dasturi yordamida statistik ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi. Ushbu seminar Toshkent shahridagi xalqaro Vestmenistr universiteti xodimi Axunov Muzaffar Olimjonovich tomonidan o'tkazildi. Seminar katta ilmiy-xodim izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun juda qiziqarli hamda mazmunli bo'ldi. Mazkur kompyuter dasturi yordamida statistik ma'lumotlarni tahlil qilish zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va maqolalar sifatini oshishiga xizmat qiladi