24.03.2016    10:00    16543

JIDUda Ingliz tili kafedrasi tomonidan 1-kurs talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” tadbiri muntazam ravishda uyushtiriladi. Bu yilgi tadbir “Cartoons” mavzusida o'tkazildi. Tadbirda “Joker” va “Madagascar” jamoalari ingliz tilida bellashishdilar. Tadbirni XIM fakulteti 2-bosqich talabalari Egamberdieva Malika va Xayitboev Sherzod olib borishdi. Tadbirni ochish uchun so'z JIDU rektori A.A.Djumanovga berildi. So'ng xay'yat a'zolari JIDU Ma'naviyat bo'limi xodimi A.Usmanova, ingliz tili kafedrasi mudiri G.N.Tabak, Ingliz tili kafedrasi metodisti M.T. Tashmatova, ingliz tili kafedrasi o'kituvchisi A.R. Arslonbekova va o'tgan yili “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasida ishtirok etgan guruh sardorlari Xaqqulov Shoxrux va Jaloliddinov Shamsiddin tanishtirildi va ular talabalarning saxna ko'rinishlarini baxolab berishdi.

“Quvnoqlar va zukkolar” tadbiri so'ngida ingliz tili kafedrasi mudiri G.A. Tabak so'zga chiqib talabalarning chiqishlari to'g'risida xay'at a'zolarining fikr muloxazasini bayon etdi va ishtirokchilarning chiqishlariga mamnuniyat izxor etdi. Yakuniy natijaga ko'ra “Madagascar” jamoasi g'alaba qozondi.