26.10.2015    12:24    17455

2015 yil 26 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Insight Club”ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur klubning ochilishidan maqsad talaba-yoshlarga o‘zlarini kashf etishlarga, ichki zaxiralari va nimalarga qodir ekanligini isbotlashga imkon beradi. “Insight Club” yangi do‘stlar orttirishga va talabalik davrini mazmunan boyitishga muloqot maydoni bo‘lib hizmat qiladi.

“Insight Club”ining tashkil etishda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Aziza Abdullayevna Usmanova hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti  3 kurs talabalari  tashabbus ko‘rsatdi.