28.03.2016    11:08    16659

Joriy yilning 26 mart kuni Toshkentda O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar vakillari o’rtasida shaxmat bo’yicha navbatdagi XII tur musobaqasi bo’lib o’tdi.

JIDU nomidan ishtirok etgan "Iqtisodiyot Nazariyasi" kafedrasi dotsenti Rasuleva Aziza va universitet Axborot texnologiyalar markazi hodimi Muslimov Farrux faxrli 2-o'rinni egallashdi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkillashtirildi va Navro'z bayramiga bag'ishlandi.