28.09.2018    15:28    1461

26-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar huquqi: amaliyot va tajriba” mavzusida deputatlar va yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Tadbirga Xalqaro munosabatlar fakultetining bir necha talabalari  ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarga Qonunchilik palatasi ish faoliyati toʻgʻrisida axborot berildi. Bundan tashqari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tarixi va uning ahamiyati, yoshlar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tajriba, yoshlar bilan ishlashda Yoshlar ittifoqining oʻrni va roli, bu boradagi muammolar va yechimlar muhokama etildi.