17.09.2018    13:05    1550

15-sentabr kuni Toshkent moliya institutida uchinchi bor o'tkazilayotgan "start-up tashabbuslari" tanlovi ("start-up tashabbuslari" – talaba va oliy ta’lim muassasalari yosh olimlarining start-up g’oyalari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan kompleks dastur) namoyishi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir videoselektor ko’rinishida o’tkazildi va viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalari vakillarini ham qamrab oldi. Tanlov tashkilotchisi Savdo-sanoat palatasi vakili Usmon Rahimjonov tanlov haqida batafsil so'zlab berdi va tadbir yakunida ishtirokchilar va ular qatorida JIDU Biznes Laboratoriyasi faollari va JIDU talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.