04.08.2018    12:33    609

2018-yil 3-avgust sanasida JIDUning “Xalqaro ommaviy va xususiy huquq” fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi IIV, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya Markazi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya Markazi direktor o‘rinbosari O.Qosimov ma’ruza qilib, Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, uning o‘ziga xos xususiyatlari va mavjud muammolar haqida fikr yuritdi.

IIV Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari J.Yusupov va A.Axmedov ma’ruza qilib, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, jumladan, odam savdosining mamlakatimizda avj olib ketgan davrlari, uning sabablari, uning oldini olishga qaratilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining ilmiy nazariy yondashuvlari to‘g‘risida fikr yuritib ayrim masalalar bo‘yicha savollar berdi. Tadbir ishtirokchilari amaliyot xodimlariga qilingan amaliy ruxdagi ma’ruzalari uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.