18.06.2018    00:32    2407

Go'zallik dunyosi insonning shaxsiyatini doimo boyitadi va yuksaltiradi. JIDU o'qituvchilari va hodimlari poytaxtning yetakchi teatrlarining tez-tez mehmonlari. 13 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining sahnasida "Ming bir kecha" baleti namoyish etildi. U ozarbayjonlik bastakor Fikret Amirovning (1922-1984) musiqasiga asoslangan.

Spektakl syjeti "Ming bir kecha" arab ertagiga  asoslangan bo'lib, unda shoh Shahrixon o'z yosh rafiqasini begona kishi bilan ko`rib qoladi. Shuning uchun u uni va uning mamlakatidadi hamma yosh ayollarini jiddiy jazolashga qaror qiladi. Aql-zakovati va go'zalligi ramzi Shaherezada esa, shohning yuragini yumshatish maqsadida qadimgi afsonalarni unga aytib berishni qaror qiladi. Shunday qilib, u qadimgi Sharq xalqi eposidan turli xil voqealarni ming bir kecha  gapiradi.  Go'zal badiiy raqs, yuksak balet ijrosi va  badiiy sahna ko'rinishi, bezatishi teatr tomoshabinlarga katta ta'sir etdi. O'zbek balet maktabimiz, san'atkorlarimizning balet mahorati bizning madaniyatimizning milliy yutug'idir va u jahon ahamiyatiga va shon-shuhratiga da'vo qilishi tabiiy.