14.06.2018    09:17    1447

12 iyun kuni universitet “Axborot-resurs markazida talabalar davrasida “Biz narkomaniyaga qarshimiz!” shiori ostida suhbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat yurtimizda o‘tkazilayotgan “Narkomaniyaga qarshi oyligi” doirasida o‘tkazildi. Suhbatda narkomaniya kasalligining kelib chiqishi, unga qarshi olib borilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Talabalar mavzu doirasida plakatlar, taqdimotlar namoyish etdi. Markazda joylashtirilgan maxsus ko‘rgazmaga e’tibor qaratildi. Unda namoyish etilgan manbalarga batafsil to‘htalib o‘tildi.