02.06.2018    14:11    1349

Yozuvchi, mutafakkir, jamoat va siyosiy arbob Chingiz Aytmatov milliy va jahon miqyosida tan olingan yozuvchilardan biridir. Ular tomonidan yaratilgan "Birinchi o'qituvchi", "Jamila", "Alvido, Gulsari", "Ona dalasi", "Asrga tatigulik kun”, “Manqurt” va boshqalar, ХХ asrning mumtoz durdonalarini tashkil etadi, ular asosida turli millat va xalqlarning avlodlari tarbiyalangan.

1 iyun kuni universitetning Axborot-resurs markazida taniqli qirg’iz yozuvchisi tavalludining 90 yilligiga bag’ishlangan adabiy kecha o’tkazildi. Bunda universitet talabalari, o’qituvchilar, xodimlar ishtirok etdi. “XIM” fakulteti 5 kurs talabasi Ibrohim Mirzaraxmatov quyidagilarni esga oldi: “Yoshligimizda men do’stlarim bilan birgalikda yozuvchining  hikoyalarini qiziqib o’qiganmam. Har bir lavhalarda haqiqiy hayot manzaralari yaqqol tasvirlanib berilgan, ular orqali biz nima yaxshi-yu, nima yomon kabi tushunchalarning farqini anglab yetishni o’rgandik”.                                   

Munisa Sagdullaeva, G'ayrat Muxitdinov, Maftuna Alimbekovalar Chingiz Aytmatov asarlari ularning dunyoqarashi va go’zallikni idrok etishlariga ta’sir ko’rsatgani to’g’risida  to’lqillanib gapirib berdilar. Talabalar yozuvchining asarlaridan misralar o’qib eshittirdilar.

Ushbu kechani “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchilari professor Fatima Izzatullaevna Muminova va dotsent Aziza Abdullayevna Usmanovalar olib bordi. Kechada axborot-resurs markazi xodimlari Irina Ivanovna Klimitenko va Tatyana Ivanovna Asmolovskaya ishtirok etdi. O’tkazilgan adabiy kecha o’zbek va qirg’iz xalqlari o’rtasidagi do’stlik ramzi ifodasiga aylandi.