15.05.2018    10:27    3038

14-may kuni yotoqxonada yashayotgan universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Bunda talabalarning yashash sharoitlari, mavjud muammolariga to‘xtalib o‘tildi. Ayniqsa, talabalar yashash xonalarining sanitar-gigiyenik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Ularning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida yotoqxonada kitobxonlik kechalarini o‘tkazish, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etishga urg‘u berildi. Uchrashuv yakunida talabalar davrasida bir piola choy atrofida dildan suhbat davom etildi.