15.05.2018    10:18    1165

Ochilish marosimi Universitet ma'muriyati, shuningdek O'zbekiston Respublikasidagi BMT Doimiy vakili va BMTTD Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirokida bo'lib o'tdi.

Ikki kun davomida 5 ta organda ish olib borildi:

  1. Bosh Assambleya
  2. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash
  3. BMT-Ayollar
  4. Xavfsizlik Kengashi
  5. Xalqaro Sud (O'zbekistonda o'tkazilgan BMT Modellari tarixida birinchi bor)


Dolzarb mavzular yuzasidan qizg'in muhokamalar va munozaralar, mavjud muammolarga yechim izlash, hissiyotga boy chiqishlar va bahslar, g'ayrat va shijoat qaynagan onlar – bularning bari Anjumanning ajralmas qismiga aylandi.

Anjumanning yopilish marosimi uchinchi kuni bo'lib o'tdi. O'zida chuqur ma'no jamlagan, marosim uchun maxsus tayyorlangan sahnadagi hikoya tomoshabinlarning gulduros olqishlariga sazovor bo'ldi. Aktyorlarning asar mazmunini tomoshabinlarga yetkazishdagi xizmatlari alohida e'tirof etildi.
Tadbir davomida quyidagi uch nominatsiya g'oliblari ham taqdirlandilar:

  1. Best Position Paper
  2. Best Delegate
  3. Best MUN Freshman

Anjumanning barcha qatnashchilarini tadbirning muvaffaqiyatli o'tgani bilan tabriklaymiz! Tadbirda namoyon etilgan yuqori ruh ularni hech qachon tark etmasligini tilaymiz!