14.05.2018    12:31    1355

11-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faollar zalida “ 9-may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Inson qadri ulug‘, xotira abadiy” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga nuroniy otaxonlar, onaxonlar, front orti xizmatchilari va mehnat faxriylari, baynalmilal jangchilar, mustaqilligimiz fidoyilari hamda universitetimizda ko‘p yillar xizmat qilgan ustozlar taklif qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli ishtirok etdi. Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Kasaba uyushmasi tomonidan faxriylarimizga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi va bayram oshi tashkil etildi.