27.10.2015    15:27    18985

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2015 yilning  oktyabrida O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 26 yilligi munosabati bilan “Tilim bo‘ldi davlatli...” mavzusidagi bayram haftasi e’lon qilindi. Mazkur haftalikda qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, 12-16 oktabr kunlari  Murabbiylik guruhlarida universitet talabalari uchun “Davlat maqomining berilishi tilga qanday mas’uliyat yuklaydi?” mavzusida esse,  shuningdek, «Yosh ijodkorlar», «Yosh tarjimonlar», «Yosh qalamkash», «Yosh havaskor jurnalist»  nominatsiyalari bo‘yicha talabalarning  o‘z ijod  (she’r, hikoya, maqola, qissa, musohaba  va h.zo) hamda o‘z sevgan badiiy asar (nasr va nazm shaklidagi asar parchalari, publitsistik maqola, mashhur notiqlarning nutqlari va h.zo) namunalarini o‘zbek tiliga tarjimalari taqdimoti yuzasidan qator tadbirlar o‘tkazilib, tanlov  g‘oliblari  tanlab olindi. Tanlovda 30 ga yaqin talabalar ishtirok etdilar, ularning ijod namunalari professional mutaxassislar tomonidan saralanib olindi. Tadbirlarning yakuniy debochasi sifatida bugungi 21 oktabr kunida o‘tkazilayotgan bayram -  davra-suhbatimiz shu oyda o‘tkazilgan tadbirlarni sarhisobi sanaladi.

Tashrif buyurgan mehmonlar: Fathulla Mas’udov – O’zbekiston Milliy akademik drama teatri direktori, O’zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan akter. O’zbekiston Milliy akademik drama teatri jamoasidan xalqimizning sevimli san’atkorlari ishtiroki - Tohir Saidov, Farhod Abdullayev. Tadbirda JIDU rektori A.A.Djumanov tanlov g‘oliblarini taqdirladi.