12.04.2018    12:26    3199

11-aprel kuni “Insight club” yoshlar tashabbusi davrasida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti talabalari o‘rtasida “Muammo va yechim” mavzusiga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi. Ushbu treningda jamoa a’zolari tomonidan ta’lim berish va o‘qitish jarayonida mavjud bo‘lgan dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi. Muammoli vaziyatlar namoyish etildi va ularni bartaraf etish yo‘llari bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar ishlab chiqildi.

Trening mashg‘uloti universitetning ko‘kalamzorlashtirilgan hududida tabiat qo‘ynida o‘tkazildi. Muhokamaga qo‘yilgan mavzu talabalar bilimlarini boyitishga hamda amaliyotda qo‘llashga yordam berdi.

Trening mashg‘ulotida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 2 kurs talabalari faol ishtirok etdi. Muhokama davrasini moderator sifatida Xosiyatqulova Sakina va O‘rolov Islom olib bordi.