12.04.2018    11:47    1910

10-aprel kuni universitetda oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida talabalar teatr studiyalari festivalining 2-bosqichi o‘tkazildi. Bunda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti jamoalarining ijodiy chiqishlari namoyish etildi. Qizg‘in bellashuv natijalariga ko‘ra, Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti talabalari jamoasi “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichga tavsiya etildi.