10.04.2018    14:20    309

Yoshlar orasida ekologik fikrlashning shakllanishi inson va tabiat o'rtasidagi uyg'unlikka erishishda muhim qadamdir. Ta'kidlash joizki, BMT tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadidan 6 tasi ekologiya masalalariga bag'ishlangan. Bu borada, universitet va undan tashqarida ekologik muhitni yaxshilash, yoshlarni ekomasalalarni hal qilish uchun tavsiyalar berish va rag'batlantirish maqsadida JIDUda  yangi klub – EcoClub tashkil etildi.

JIDU EcoClubning strategik maqsadi - bu atrof-muhit muhofaza qilish va asosiy ekologik muammolarni aniqlash, qiziqarli loyihalar tayyorlash, JIDUda  ekoklimat yaratish hisoblanadi. Klub turli tadbirlar, davra suhbatlari va ekologik yo'nalishdagi ko'plab qiziqarli tadbirlarni o'tkazadigan jamoani shakllantiradi. Ayni paytda, JIDU va boshqa oliy o'quv yurtlari talabalari atrof-muhitni muhofaza qilish va himoya qilishga hissa qo'shish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Ushbu klubning faoliyati yoshlar orasida ekologik fikrlashni shakllantirish, shaharda ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha turli loyihalar yaratish, yoshlarni eko-g'oyalarini amalga oshirish va boshqa ko'plab yo'nalishlarni targ’ib qilish kabi muhim ekologik vazifalarni hal etishga yordam beradi. Shunday qilib, klub "2017-2021-yillardagi harakat strategiyasi" ga muvofiq, 2018-yilda O'zbekiston Respublikasining Davlat dasturida qabul qilingan ekologik muammolarni hal qilishda ko'maklashadi.