09.03.2018    16:27    4658

7-mart kuni universitet bir guruh professor-o‘qituvchilarining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga tashrifi bo‘lib o‘tdi. U yerda teatr ixlosmandlari “Ayol kameliya gullari bilan” deb nomlangan balet premyerasidan bahramand bo‘ldi. Mazkur tashrif teatr san’atiga, go‘zallik va nafosatga bo‘lgan intilish maqsadida tashkil etildi. Mumtoz durdonalardan biri bo‘lgan ushbu asar, A.Dyuma romani asosida sahnalashtirilgan bo‘lib mashhur kompozitorlar Dj. Verdi hamda P.Maskani musiqasi sadosi ostida namoyish etildi. Balet xoreograf Mexmet Balkan rahbarligida yaratildi. Sahnada mazkur asar ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra qaxramonlarning his-tuyg‘ulari va ichki kechinmalariga boy tarzda namoyish etildi. Teatr artistlarining mahorati va san’ati barchada katta ta’ssurot qoldi.