08.03.2018    06:29    4655

6 mart kuni universitetda “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlangan “Jannat onalar oyog‘i ostida!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga universitetda faoliyat yuritib kelayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Ushbu tadbir bahor va ayol timsolini aks etuvchi sevgi, mehribonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlandi. Tadbirda ushbu bayramning kelib chiqish tarixi, yurtimizda yildan-yilga nishonlanib borishi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Tadbirda barcha fakultet talabalari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. Kichik yoshdagi bolalar jamoasi bayram shukuhini yanada oshirdi. Bamisoli bahor elchisi bo‘lgan bayram tadbiri barchaga ko‘tarinki ruh va yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Universitetda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchilar va xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.