28.02.2018    10:23    3605

27 fevral kuni Talabalar turar joyidaqizlar davrasida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”davlat dasturi mazmun-mohiyati o‘rganildi. Bunda “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning maqsadiga e’tibor qaratildi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, xalq farovonligini yuksaltirish kabi muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu davlat dasturida belgilanib o‘tilgan tadbirkorlik va xususiy biznes faoliyatini rivojlantirish, davlat mulki, elektron savdoni amalga oshirish, soliq imtiyozlarini yengillashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Talaba-qizlarni o‘qish va ijtimoiy hayot davomida innovatsion g‘oyalari bilan faol ishtirok etishga da’vat etildi. Mazkur suhbatda “Roman-german tillari”, “IGF” kafedrasi bir guruh o‘qituvchilari, “Ma’naviyat-ma’rifat” Markazi xodimlari, Murabbiylar kengashi vakillari ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.