26.02.2018    11:02    2146

23-fevral kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-kurs talabalari va murabbiylari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Ushbu majmua Islom Karimov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Butun olamni jo qilgan yurak”, -deb nomlanadi. Talaba va murabbiylar ko‘rgazmadan o‘rin olgan Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy eksponatlar bilan tanishdi. Ko‘rgazma 2 zalga bo‘lingan. Birinchi zalda rassomlarning 57, haykaltaroshlarning 3 ta asari namoyish etilgan. Ikkinchi zaldan fotorassomlarning 80 ijodiy ishi o‘rin olgan. Mazkur ko‘rgazma barchada katta qiziqish uyg‘otdi, undagi eksponatlar davlatimiz Birinchi Prezidentining yangi qirralarini yoritib bergan.