23.02.2018    11:05    3171

2018-yil 22-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Til ta’limi markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi va tarjima masalalari” mavzusida XI an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning asosiy maqsadi - tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda chet tillarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik usullari va tarjimonlik masalalari bo‘yicha tajriba almashish, o‘z malakasini oshirish imkoniyatlarini tadqiq etish.

Anjumanda til ta’limi masalalari bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston Respublikasining Davlat test markazi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi va Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalari vakiilari, JIDU professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar ishtirok etishdi.