21.02.2018    09:30    5424

19-fevral kuni universitetda barcha akademik guruh talabalari o‘rtasida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik T.Rixsiyev, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani xokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Xoshimov, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh.Olimov, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Tepa Jomiy masjidi imom xatibi A.Mamatov, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek TIIB Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika inspektori R.Xalikulovlar tashrif buyurdi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan oxirgi ikki yil davomida sodir etilgan jinoiy ishlarning statistik ma’lumotlari keltirib o‘tildi. Bundan tashqari ta’lim muassasalarida talabalar orasida aniqlangan huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida ma’lumot berildi. Har birimiz doimo ogoh bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmaslimiz kerakligi, buning uchun ma’naviy barkamol va yetuk inson bo‘lishimiz lozimligi gapirib o‘tildi.