16.02.2018    14:48    4414

Davlat dasturi doirasida “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish" maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari o`rtasida turli tadbirlar o`tkazilmoqda. Muntazam ravishda uchrashuvlar, suhbatlar, davra suhbatlar, o'quv-ta'lim jarayoniga innovatsion g'oyalarni faollashtirish va joriy etish, va klub ishini takomillashtirish bo'yicha  tashkil etilmoqda.

2018 yil 15 fevral kuni "Talabalar тurаr joyi" da "Ijtimoiy- gumanitar fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilarining “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Muloqot mobainida ijtimoiy himoya, sog'liqni saqlash, yoshlarning sog'lom turmush tarzi masalalari muhokama qilindi. Talabalar moddiy va kommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish, bo'sh vaqtdan samarali foydalanish kabi optimallashtirish masalalari bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuvda "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri F.Usarova, professor Fatima Mo'minova, dotsent Dilshod Abrekulov, dotsent Nargiza Abdusattarova ishtirok etdi.