14.02.2018    15:20    2803

14 fevral kuni JIDU Axborot-resurs markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga O‘zbekiston davlat drama teatri aktyorlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova hamda yosh ijodkor artist Yunus Askarovlar tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Zahiriddin Bobur asarlarida, ayniqsa, she’rlarida axloq va tarbiyaga oid fikrlari, ma’rifat yo‘lida olib borgan faoliyatiga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shoirning “Boburnoma” asaridan misralar o‘qib eshittirildi. Bobur hamda Navoiyning g‘azallariga bitilgan kuylar ijro etildi. Mavzu doirasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etdi. O‘tkazilgan uchrashuv talabalarda katta ta’ssurot qoldirdi.