13.02.2018    17:15    2874

JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabasi Fozilov Akrom oliy ta'lim muassasalari bakalavr talabalari o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi stipendiyasining 2017-2018-o'quv yili bo'yicha respublika bosqichi g'olibiga aylandi. Yoshlar ittifoqi stipendiyasining 14 nafar g'oliblarini taqdirlash marosimi 2018-yil 12-fevral kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida bo'lib o'tdi.