10.02.2018    11:37    1254

2018-yilning 7-fervralida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Harakatlar strategiyasi xonasida “O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida” mavzusidagi loyiha doirasida Xalqaro munosabatlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80-yilligga bag’ishlangan “Islom Karimovni xotirlab …” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri va tadbirning asosiy tashkilotchisi – Usarova F.X ochib berdilar. Tadbirning asosiy mehmoni, Islom Karimovning sinfdoshi va yaqin do’sti – Sh. Sharapov “Islom Karimov haqidagi bolalik xotiralarim” mavzusida ma’ruza qildilar. O’z ma’ruzalarida Islom Karimovning bolaligi, ular bilan o’tkazgan damlari hamda Islom Karimovning hayotiy faoliyati haqida gapirish bilan bir qatorda, tadbirga yig’ilgan o’qituvchi va talabalarga Islom Karimovning qanday buyuk siyosatchi va davlat arbobi bo’lganliklari haqidagi fikrlarini bayon qildilar.

Bundan tashqari, tadbirda universitetning professor, o’qituvchilari, xususan Farmonov R.F (“Islom Karimov – yuragimiz tubidagi mangu xotira”) va Shamsiyeva I. (“Islom Karimov xorijliklar nigohida”) ma’ruza qildilar. Bir soat davom etgan ushbu tadbirda barcha ishtirokchilar ma’naviy xordiq olgan holda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xotiralarini yod oldilar.