05.02.2018    10:38    676

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80-yilligiga bag’ishlangan tadbirlar doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuaga tashrif buyurdilar. Talabalar va ularning murabbiylari Islom Karimov haykali, o’ymakorlik ansambli, fotogallereya, shuningdek, Birinchi Prezident to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar. Tashrif davomida talaba va ularning murabbiylari memorial majmua, kutubxona va bog’ hududida joylashgan muzey eksponatlari bilan ham tanishdilar.