03.02.2018    10:45    529

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayhontoxur akademik litseyida 2018-yilning 29-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Ijtimoiy gumanitar-fanlar kafedrasi o’qituvchisi Mannanova Nilufar, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti talabalari Xayitboyev Sherzod, Samandarov Eldor, Valijonov Abduvohid, shuningdek, akademik litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.To’xtaboyeva, yoshlar yetakchisi M.Mamasharipov, akademik litsey o’qituvchilari va o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida nutq so’zlash bilan bir qatorda, litsey o'quvchilari bilan suhbat o’tkazildi.