26.01.2018    16:09    603

2018- yilning 20-yanvarida Toshkent shahar telefon aloqalari binosida O’zbekiston ekologik harakati, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ekoharakat deputatlari guruhi va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasining “Yil sarhisobi: 2017-yildagi faoliyat yakunlari va istiqboldagi rejalari” to’g’risida video-konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirni Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari va ekoharakat deputatlari guruhi yetakchisi B.Alixanov ochib berdi va 2017-yil ekologiyani muhofaza qilish yo’nalishida tadbirlar va ilmiy-amaliy ishlar tahlili va sarhisobini taqdim etdi. Shuningdek tadbirda hududlardagi ekoharakat bo’lim rahbarlari so’zga chiqishdi. Tadbir davomida O’zbekiston ekoharakati va Yoshlar ittifoqi bilan o’zaro hamkorlik memorandum imzolandi. Tadbir so’ngi savol-javoblarga bag’ishlandi.