05.03.2016    16:34    16890

2016 yil 4 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Diplomatik servis xizmati hamda  universitet tomonidan qabul qilingan 2016 yil 1 fevraldagi qo'shma Nizomiga binoan, «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish hamda 8 Mart Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash maqsadida “Spartakiada-2016” sport turniri o'tkazildi.

Turnirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmati xodimlari, universitet ayol professor-o'qituvchilari hamda  talabalar ishtirok etdi.

Musobaqa sportning 5 ta turi: estafeta, stol tennisi, darts, shaxmat va shashka bo'yicha o'tkazildi. Erishilgan natijalarga ko'ra JIDUning talabalar terma jamoasi birinchi, Tashqi ishlar vazirligi jamoasi ikkinchi, Diplomatik servis xizmati xodimlari uchinchi hamda JIDU professor-o'qituvchilari 4 o'rinni egalladilar. G’oliblar va ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Spartakiada ishtirokchilariga universitet rektori A.Djumanov va Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmati boshlig’i A.Kayumov o'z tabrik so'zlarini yo'lladi.