29.12.2017    11:12    3614

2017-yil 27-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Shanxay universiteti (Xitoy) Shanxay Xalqaro Biznes Maktabini tashkil etish bo'yicha strategik sheriklik to'g'risida xadli bitim imzoladilar (JIDU qoshidagi SIBS).

SIBS JIDU qoshidagi xalqaro oliy ta'lim muassasasiga aylanadi va Shanxay universitetining quyidagi bakalavriat va magistratura yo'nalishlari bo'yicha akademik dasturlarda ta'lim olishga imkoniyat beradi: iqtisod («Xalqaro iqtisod va savdo» yo'nalishi), moliya («Xalqaro moliya» yo'nalishi) va «Xalqaro biznes» yo'nalishi (magistratura).