22.12.2017    15:59    2248

21-dekabr kuni universitetning Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent “Oltin qalam” mukofoti sovrindori To‘lqin Eshbekov, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova, aktrisa, telejurnalist, markaziy televideniya diktori Mavluda Axmedova, O‘zbekkino milliy agentligining a’zosi, artist Feruza Saidova, xonanda Anvar Sobirov, 208-maktab ma’naviyat-ma’rifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shoxida Toshmatovalar tashrif buyurdi. Mehmonlar kitobning mazmun-mohiyatiga urg'u berdilar, undagi asosiy masalalarga to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston davlatini qurishda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishda yoshlarning hissalari muhimligi ta’kidlanib o‘tildi. Tadbir so‘ngida san’antkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.