22.12.2017    11:33    821

2017-yil 20-dekabr kuni Harakatlar Strategiyasi xonasida talabalar va JIDU bitiruvchilari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (TIV) BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari va Shartnoma-huquq boshqarmalari xodimlari Tursunov Sarvar va Jasur Rajabov bilan “Start-up” Yosh tadbirkorlar klubi, Bitiruvchilar assotsiyatsiyasi va Yoshlar Ittifoqining “UWED ALUMNI MEETINGS” loyihasi doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv ikki qismda olib borildi: 1) Ma’ruza; 2) Savol-javob. Avvalambor, Sarvar Tursunov uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining bugungi kunda xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan munosabatlari va munosabatlar istiqbollari haqida, Jasur Rajabov Xalqaro Huquq sohasining Tashqi ishlar va TIV faoliyati uchun ahamiyati haqida talabalarga ma’ruza qilishdi. Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, hususan, ma’ruzachilar o’z faoliyat yo’llari, TIV da ishlash mezonlari haqida so’zlab berishdi.