21.12.2017    16:59    853

Universitetda IMEP ERAMUS+ loyihasi doirasida Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Xalqaro munosabatlar va Xalqaro huquq fakultetlarining mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun seminar treninglar o‘tkazilmoqda. Seminarlardan ko‘zlangan maqsad – ilg‘or pedagogik texnologiyalar va akademik ingliz tili darslari bo‘yicha ishlab chiqilgan materiallarni amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish. Seminar-treninglar Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari, loyiha ishtirokchilari G.Irmuxamedova va X.Axmadjonov tomonidan olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilayotgan 8 oliy ta’lim muassasasidagi tajriba-sinovlardan so‘ng o‘quv dasturlari va materiallari o‘qituvchilarning malakasini oshirish markazlarida foydalaniladi. Eng faol o‘qituvchilarni Yevropa oliy ta’lim muassasalarining master-klasslariga malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilgan.