21.12.2017    15:42    2131

Joriy yilning 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro suv huquqi sohasi bo’yicha dunyodagi tan olingan mutaxassislardan biri bo’lgan Moskva davlat universiteti va Dandi universiteti (Buyuk Britaniya) professori Sergey Vinogradov “Xalqaro huquq va tabiiy resurslar” mavzusida ma’ruza o’qib berdi.

Mazkur tadbirda ishtirokchilarga transchegaraviy tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solib turuvchi xalqaro huquq prinsiplari va normalari, bunday tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy rejimlari haqida axborot berildi.