20.12.2017    12:07    722

2017-yil 20-dekabrda Pekin shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh qarorgohida talabalar orasida ShHT haqida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovining yakunlari sarhisob qilindi. Tadbir ShHT Xartiyasining 15 yillik yubileyi hamda tashkilotga a’zo mamlakatlarning Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomasi imzolanganining 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlandi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining to‘rtinchi bosqich talabasi Ulug‘bek Abdusalamov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ushbu tanlov 2016-yildan boshlab ShHT Kotibiyati tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida “ShHT – umumiy uyimiz” kompleks dasturi doirasida o‘tkaziladi.