19.12.2017    11:09    3279

15-dekabr kuni JIDU talabalar turar joyida Xalqaro munosabatlar, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda Xalqaro huquq talabalari bilan yoshlarga “ekstrimizm va terorizm tahdidi va uning yoshlar ongiga ta’siri” mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbati ingliz tili kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan o’tkazildi.

Davra suhbati terrorizm va ekstrimizmning butun insoniyatga, kelajak avlodga ulkan ta’siri va oqibatlari hamda yoshlarni yot g’oyalardan asrash kabi mavzularga qaratildi. Shuningdek, suhbat chog’ida globallashuv davrida inson ongini saqlab qolish uchun kurashishning ahamiyati va uning kelajak avlodga muhimligi ta’kidlab o’tildi.

Suhbat chog’ida talabalar mavzu doirasida o’z fikrlari  va qarashlari bilan o’rtoqlashishdi.