14.12.2017    13:04    3202

13-dekabr kuni murabbiylik guruhlarida kitobsevar-talabalar davrasida kitob mutolaasi o‘tkazildi. Ushbu badiiy soat mobaynida talabalar o‘zlari sevgan shoir va yozuvchilarning asarlaridan lavhalar o‘qib eshittirdi. Ayniqsa o‘zbek va rus adabiyotining yorqin namoyondalari bo‘lgan Pirimqul Qodirov, Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Muxammad Yusuf hamda Nikolay Gogol, Lev Tolstoylar tomonidan yaratilgan mumtoz roman, hikoya va she’rlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Kitob ihlosmandlari “Men sevgan asar”, “Men sevgan shoir”, Men sevgan yozuvchi”, “Eng yaxshi she’r ifodasi”, “Eng yaxshi hikoya ifodasi” nominatsiyalarda bellashdi va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi. O‘tkazilgan kitob mutolaasi talaba-yoshlarda kitobga bo‘lgan mehr-muhabbat, hurmat va e’tiborni yanada oshirdi.