04.12.2017    14:19    1875

2017-yil 2-dekabrda JIDU faollar zalida “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan viktorina ko‘rinishidagi Konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-oraliq nazorati bo‘lib o‘tdi. Viktorinada talabalar bilan bir qatorda jyuri a’zolari sifatida “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Yusuvaliyeva, A.Dadasheva, N.Kadirova, Sh.Urunbayev va viktorina boshlovchisi sifatida S.Muratayevlar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalarga konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, ayrim moddalarning ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamiri, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hayoti yo‘li va faoliyati, shuningdek atoqli adib va shoir, davlat arbobi Sh.R.Rashidovning hayot yo‘li va ijodi to‘g‘risidagi savollar berildi. Viktorina g‘oliblariga insonning eng yaqin hamrohi va yordamchisi bo‘lgan – kitoblar hadya etildi.

Viktorina natijadasida “Halqaro huquq” fakultetining 2-bosqich

4-guruh talabalari 1-o‘rin;

5-guruh talabalari 2-o‘rin;

3-guruh talabalari 3-o‘rin;

Mazkur guruhlarda seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilarga tegishlicha: 8,5-10,0 ballgacha; 8,0-8,8 ballgacha; 7,1-8,5 ballgacha; 6,5-7,7 ballgacha bo‘lgan baholarni qo`yish tavsiya etildi.