01.12.2017    16:03    4166

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari jamoasi O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi, Fan va Texnologiya Agentligi, Yoshlar Ittifoqi va Janubiy Afrika SASOL tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan start-up tashabbus loyihasida uchinchi o'rinni egalladi.

Loyiha asoschisi va koordinatori Shodlik Nazarov, sinov testlari bo’yicha menedjer Chingiz Orinbayev, marketolog Alina Yuldasheva va INHA universiteti dasturchi-talabasi Shohruh Shohnazarovdan tashkil topgan BESTTEST.UZ jamoasi Respublika tanlovi final bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, 3-sovrinli o’rinni egalladi.

419 ta boshlang’ich arizalardan saralashdan so’ng 40 ta loyiha, finalgacha bo’lsa 19 ta loyiha yetib bordi, hayat a’zolari va investorlarga bor yog’i 15 ta loyiha taqdim qilindi. Loyiha doirasida BESTTEST.UZ jamoasi abiturientlar onlayn tartibda 3 soat 20 daqiqa davomida o’zaro bir-birlari bilan o’z bilimlarini taqqoslash imkonini beradigan sayt ishga tushirdi. Yarim yildan sal ko’roq vaqt ichida xuddi shunday 10 ta onlayn test o’tkazildi, saytda ro’yxatdan o’tganlar soni 6000 dan oshdi. Bundan tashqari, shodlik nazarov ushbu texnologiyani patentladi va MCHJ “QUICK STUDY” Mirzo Ulugbek innovative center ning rezidentiga aylandi. Abiturientlar bozori yetarlicha katta, shu sababli BESTTEST.UZ da ko’plab raqobatchilar mavjud, biroq ushbu loyihaga o’xshash analoglar yo’q, sababi saytda OTM larga kirish imkoniyatlarini oldindan baholash mumkin.