29.11.2017    12:28    4962

2017-yil 25-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasi: holati, muammolari va rivojlanish tamoyillari” mavzusidagi davra suhbatining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida JIDU va bir qator respublika tashkilotlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi va hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasining muammolari va rivojlanish tamoyillari bo‘yicha fikr almashildi.