19.02.2016    11:45    17527

Yoshlar orasini turli yot g’oyalar, giyohvandlik, odamsavdosi, mafkuraviy taxdidlardan himoya etish, ma'nan sog’lom muhitni yaratish maqsadida mamlakatimiz miqyosida turli idora va tashkilotlar, ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ma'rifiy tadbirlar amalga oshirildi. Joriy yilning 19 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda “Narkomaniya va odam savdоsiga qarshi kurashish”  samaradorligini oshirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi.  Tadbirga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi,  jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo'limining o'rinbosari podpolkovnik M.Yakubov tashrif buyurdilar va bugungi kunda yoshlar orasida sodir etilayotgan jioyatchiliklar, odam savdosi, giyohvandlik kabi salbiy holatlar to'g’risida statistika ma'lumotlari va bu holatlarni keltiruvchi va oldini olish omillari to'g’risida fikr bildirdilar. Tadbir davomida giyohvandlikning salbiy holatlarini aks ettiruvchi film namoyishi bo'lib o'tdi.